O‘ziga to‘q investorlar o‘z boyligini naqd pulda saqlashni afzal bilmoqda, deya yozgan Bloomberg. Millionerlar va milliarderlar aktivlarining 25 foizini naqd pul ko‘rinishida saqlamoqda.
Erkin aktivlari kamida 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan investorlar 2020 yil oxiriga borib fond bozorida narxlarning tushishi mumkinligidan xavotirda. Ularni o‘zgarib turgan geosiyosiy vaziyat, shuningdek, Pekin va Vashington o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligi hamda 2020 yilda AQShda o‘tadigan saylovlar tashvishga solmoqda.
Noyabr boshida milliarderlarning 2018 yildagi boyligi 4,3 foiz yoki 388 milliard dollarga qisqargani va 8,5 trillion dollarga yetgani ma’lum bo‘lgan. Osiyo Tinch okeani mintaqasi milliarderlari eng ko‘p zarar ko‘rgan va boylarning umumiy soni 7,4 foizga, ularning boyligi esa 8 foizga qisqargan.
Natijalarga ko‘ra, rossiyalik milliarderlarning boyligi ko‘paygan va yil boshidan beri 37,1 milliard dollarga yetgan. Bu borada eng yaxshi natija «Nornikel» egalaridan biri Vladimir Potaninga tegishli, uning boyligi 26,3 milliardga yetgan va u umumiy ro‘yxatda 34-o‘rinni egallagan. 2019 yilda Potaninning boyligi 6,72 milliard dollarga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?