5 313
Shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi bilan vafot etgan 10 yoshli qizaloq aslida qanday kasallikka chalingan edi?
Abbigayle Dipietro (Abbi deb ham tanilgan) chorshanba kuni bakterial meningitning asoratlari sababli olamdan ko‘z yumdi.
Onasining ta’kidlashicha, Abbi bir necha kun quloq og‘rig‘idan shikoyat qilib yurgan. So‘ng uni shifokor huzuriga olib borishgan. Shifokor esa bu shunchaki oddiy infeksiya ekanligini aytgan.
Kunlar o‘tgani sayin, uning ahvoli og‘irlashib bordi. Ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi unda kuzatilgan. Onasi yana uni shifokorga ko‘rsatgandan keyin unda meningitning asoratlari aniqlangan. Ammo ming afsuslar bo‘lsinki, uni davolashga endi kech bo‘lgan edi.
Abbi komaga tushib, fojiali ravishda AQShning Indiana shtatidagi kasalxonada vafot etdi.
Onasi Tasha Dipietro-Andersonning so‘zlariga ko‘ra, ular Abbining sog‘lom a’zolarini yordamga muhtoj bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish maqsadida donarlikka berishga rozi bo‘lishdi.
Tasha Dipietro-Anderson: "U dunyodagi eng qalbi pok qizaloq edi. Ayniqsa, hayvonlarni juda ham yoqtirardi. Kelajakda veterinar bo‘lishni orzu qilar edi", -deb aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?