
Mashhur sportchi Habib Nurmagomedov “Alif TV” kanalining “Nuqtai nazar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida o‘zi shug‘ullanadigan sport turi haqidagi savolga javob qaytarar ekan, insonlarni urish mumkin emasligini aytadi. Ushbu intervyu bundan bir yil muqaddam yozib olingan, Habib esa hali ham jang maydonlarida...
– Musulmonlar ko‘pincha sizni islomda taqiqlangan unsurlari borligi uchun aralash jangni tashlashga chaqirishadi. Bu haqda nima deya olasiz?
– Boshdan beri shu haqda o‘ylayman. Ba’zi masalalarda qo‘shilaman, ba’zilarida esa yo‘q. Bu o‘z fikrlarimdan kelib chiqib emas, olimlarning aytganlaridan kelib chiqqan holda. Umuman olganda, odamlarni urish mumkin emas. Odamlarni urish mumkin emas, bunga yuz foiz qo‘shilaman. Ayniqsa, yuzga. Men bu to‘g‘rida o‘ylayman, o‘ylayapman, o‘ylab ko‘rganman. Men ko‘r emasman. Alloh, avvalo o‘zimdan boshlab, hammamizni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.
– Agar yoshligingizda va bolaligingizda Islom haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lganingizda, aralash jang sporti bilan shug‘ullangan bo‘larmidingiz?
– Yo‘q, deb o‘ylayman. Menda qandaydir bilimlar bo‘lgan. Bilasizmi, qanday? Ba’zan senda qandaydir bilimlar bo‘ladi, lekin ularni fahmlay olmaysan. Nimanidir bilasan, biroq qalbingga yetib bormaydi. Alloh Qur’onda “Ey imon keltirganlar, ...imon keltiringlar!” deydi. Buni qanday tushunish kerak? Imon keltirgan shekilli, nega imon keltirganlar imon keltirishi kerak? Inson qanday tushunishni o‘ylab ko‘rishi mumkin. U allaqachon imon keltirgan va imonli kishiga aylangan. Lekin bu o‘rinda katta hikmat bor. Ba’zan shunday bo‘ladiki, o‘n, o‘n besh, yigirma yillab nimadir bilasan, lekin u qandaydir amalni bajarishing uchun yuragingga qadar yetib bormagan. Shunday ekan, menda qandaydir bilimlar bo‘lgandir, lekin katta ehtimol bilan ular yosh o‘tishi bilan o‘tib ketadi. Hozir o‘ttiz yoshdaman. Ko‘p narsalar bo‘yicha ko‘zim ochildi.
Keyin boshqacha o‘ylashni boshlaysan. O‘ttiz yoshingda nimanidir bilaman deb o‘ylaysan. Yigirma besh yoshingda ham, o‘ttiz yoshingda ham o‘ylashing mumkin. Bular boshqa-boshqa narsalar. O‘zim haqimda ham o‘ylayman, o‘ttiz va o‘ttiz besh yoshda turli lahzalar bo‘ladi. Boshqacha fikrlashni boshlaysan. Yil o‘tgani sayin yashayverasan. Umrbod o‘qib-o‘rgan deyishadi-ku. Yil o‘tgani sayin yanada ko‘proq anglab yetaverasan. Nimanidir anglab yetasan. Kimdir sendan uzoqlashadi, kimdir yaqinlashadi. Aytish mumkinki, ko‘p narsa atrofingdagilarga ham bog‘liq. Biroq, alhamdulillah, shu paytgacha biz bilan nimaiki yuz bergan bo‘lsa, Allohning irodasi bilan bo‘lgan. Shunday paytlar bo‘ldiki, plyuslar ham, minuslar ham bo‘ldi. Hech nimadan afsuslanmayman. Albatta, adashishlarimdan tashqari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar