
Foto: “EADaily”
AQSH prezidenti Donald Tramp Britaniyadagi saylovlarni “chigallashtirish” niyati yoʻqligini, biroq Brexit hamda bosh vazir Boris Jonson tarafida ekanini taʼkidladi.
Oʻz navbatida, britan muxolifati Trampni siyosiy jarayon — mamlakatda 12-dekabrda oʻtkaziladigan umummilliy saylovlarga taʼsir oʻtkazishga urinishda aybladi.
“Vaziyatni murakkablashtirishni xohlamayman. Koʻp insonlar uchun koʻp saylovlarni yutganman. Bu saylovlarga aralashmayman. Brexitning ashaddiy tarafdoriman, bunga chorlaganman ham. Men bir chetda kuzataman, xolos, biroq Boris juda layoqatli, oʻylashimcha, u buni uddalaydi”, — dedi Tramp NATO mamlakatlari yetakchilari sammiti oldidan Londonda qilgan chiqishida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar