«5 dekabr kuni polshalik siyosatchi Donald Task o‘zining g‘alati foto suratlarini tvitterga joylagan. Unda ko‘rsatilishicha, sobiq Yevropa Kengashining prezidenti Task Prezident Trampning orqa tomoniga barmog‘i bilan to‘pponcha ishorasini qilgan holatda rasmga tushgan.
Polshaning sobiq bosh vaziri va Trampni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilib turuvchi Taskning ushbu hatti-harakati ko‘pchilikni sarosimaga solib qo‘ydi. Barchamizga ma’lumki, Globalistik Yevropa Ittifoqi Trampga qarshi chiqib kelgan.
Ushbu fotosurat Londonda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida olingan bo‘lishi mumkin deya taxmin qilinmoqda. Shu yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasidagi so‘nggi nutqida Task Trampni keskin vahimaga solgan holda vatanparvarlik haqidagi Trampning qarashlarini "yolg‘on va xavfli" deb fikr bildirgandi. Ikkala rasmiylarning munosabatlari yaxshi emasligi barchaga ma’lum.
"Haqiqatni himoya qilish uchun boshqalarni soxta yangiliklarni targ‘ib qilganlikda ayblashning o‘zi yetarli emas", - dedi u Politico nashrida. "Ochig‘ini aytganda, yolg‘onni to‘xtatishning o‘zi kifoyadir". Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan ushbu fotosuratlar uchun polshaliklar o‘z uzrnomalarini yuborishmoqda hamda yurtdoshining ushbu qilmishidan xijolat tortishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi