
Respublikachi Donald Tramp ushbu haftada katta ehtimol bilan AQSh tarixidagi impichment e'lon qilingan uchinchi prezident boʻlishi mumkin, qachonki demokratlar tomonidan boshqarilayotgan palata, Trampni uning siyosiy raqiblaridan biri boʻlgan Djo Baydenga nisbatan Ukrainani unga qarshi tergov olib borishga majbur qilganlikda aybdor deb ovoz berishsa.
Trampga ikkita ayblov xavf solmoqda - Ukrainada boʻlayotgan voqealardan foydalanib, oʻz vakolatlarini suiste'mol qilish va Kongressning ushbu ishga aloqador tekshiruvlariga toʻsqinlik qilish.
Prezident har qanday qonun buzilishi holatlarini inkor etayapti.
"Impichment - bu yolgʻon", - dedi Tramp. "Hech qanday yomon ish boʻlgani yoʻq. Impichment kuchini bunday safsatalarga ishlatish - bu davlat uchun sharmandalik".
Palatadagi saylov, ushbu haftada boʻlishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan demokratlar saylovda gʻalaba qozonishadi, impichmentda gʻalaba qozonish uchun koʻproq ovoz toʻplash etarli, demokratlar esa respublikachilardan 36 taga koʻp.
Biroq prezidentni chetlatish uchun Senatning 3 dan 2 qismi ovoz berishi kerak, u erda respublikachilarda 53 ta ovoz bor 100 tadan.
Avvalroq vakillar Palatasi Endryu Djonson va Bill Klintonga impichment e'lon qilishgan edi, lekin Senat ularni oqlagan edi. Richard Nikson impichment jarayoni boshlanganidan soʻng oʻz xoxishi bilan iste'foga chiqqan edi. Shunday ekan AQSh tarixida hali birorta prezident, impichment jarayoni vaqtida ishdan chetlatilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar