07:43 / 20.12.2019
2 649

Financial Times “Yil odami”ni e’lon qildi

Financial Times “Yil odami”ni e’lon qildi
Financial Times gazetasi AQSHda axborot texnologiyalari sohasida yirik kompaniyalardan bo‘lgan Microsoft bosh direktori Satya Nadellani “Yil odami” deb e’lon qildi.

Nashr jurnalistlarining qayd etishicha, top-menejerga bunday unvon berilishining sababi uning qo‘l ostida kompaniyaning rivojlanishi va aksionerlarning daromadi o‘sishidir. Nadella kompaniyaga boshchiilik qilgan olti yilga yaqin vaqt mobaynida Microsoft aksionerlarining umumiy foydasi bir trillion dollardan ortgan. Bu ma’lumotlar 2019 yil noyabr oyida e’lon qilingan.

Nashrning qayd etishicha, Nadellaning muvaffaqiyatidan darak beruvchi yana bir belgi texnologik kompaniya nomining ommaviy axborot vositalari sarlavhalarida tez-tez paydo bo‘lishi sanaladi. Financial Times’ga ko‘ra, Microsoft o‘z texnologiyalarini sotishda asosiy e’tiborini iste’molchilarga emas, firma va kompaniyalarga qaratgan va umuman olganda u ommadan uzoqroq yuradi. Shu bilan birga korporatsiya xuddi avvalgidek o‘zining qidiruv tizimi, elektron pochtasi, shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotni rivojlantiryapti. Bundan tashqari uning tarkibida o‘yinlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan alohida bo‘lim ham bor.

Financial Times hozirda 52 yoshga kirgan Satya Nadella korporatsiya rahbarligiga kelgan vaqtda Microsoft XXI asrdagi barcha muhim texnologik yutuqlarni o‘tkazib yuborish xavfi ostida bo‘lganiga urg‘u bergan. Kompaniya o‘sha davrlarda smartfonlar bozorida Apple va Google kabi raqobatchilar bilan befoyda kurashishga uringan va Nadellaning ilk qarorlaridan biri ayni shu zarar keltirayotgan sohani yopish bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Financial Times “Yil odami”ni e’lon qildi