“Xorij valyutasida savdo qilish iqtisodga zarbadir!”

“Xorij valyutasida savdo qilish iqtisodga zarbadir!”
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on payshanba kuni Kuala-Lumpurda musulmon mamlakatlar sammiti doirasida tashkil etilgan “Rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va muammolar” mavzusidagi yig‘inda ishtirok etdi.

U Suriyaning shimoli-sharqida xavfsiz hudud yaratish bo‘yicha Anqaraning chaqiriqlariga chet eldan javob bo‘lmayotganini, vaholanki, ayrim davlatlar Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazish taklifiga darhol javob qaytarishini aytdi. Erdog‘an Suriyaning shimoli-g‘arbida vaziyat og‘irlashganiga e’tibor qaratdi.

“Ayni paytda Turkiya chegarasida Idlib deeskalatsiya zonasidan kelgan 50 ming nafar kishi to‘plangan. To‘rt million nafar qochqin allaqachon Turkiyada, yana 50 ming nafari chegarada kutmoqda”, – dedi prezident.

Turkiya rahbari iqtisodiy masalalarga to‘xtalar ekan, islomiy banklarning ahamiyatiga va milliy valyutadagi to‘lovlarning foydali jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

“Milliy valyutada savdo qilishga o‘tish musulmon mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishdir” – dedi Erdog‘an. Uning so‘zlariga ko‘ra, chet el valyutalarida savdo yuritish iqtisodiyotni tashqi zarbalardan saqlay olmaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar