Shanba kuni Somalidagi fermerlar o‘z ekinlarini chigirtkalar “bosqini”dan himoya qilishda yordam berishlarini so‘rab mamlakat hukumati va xalqaro hamjamiyatga murojaat qildilar. Bu haqda Tarjimon.uz xabar bermoqda.
«Chigirtkalar bizning o‘tloqlarimizni allaqachon yeb bitrishgan. Shuning uchun biz hech bo‘lmasa tarvuz va loviya ekkan hududimizni asrab qolish uchun kurashmoqdamiz. Ammo, biz ularni himoya qila olmayapmiz va Somali hukumati va xalqaro hamjamiyatni bizga yordam berishga chaqiramiz”, dedi Dusamareb shahridagi fermer Jamad Muhammad.
Yana bir Somalilik fermer Jirosh Qorhere uchun bu yilgi hosildan umid qolmadi. Uning barcha hosilini hasharotlar yeb tugatdi.
”Chigirtkalar butun hududni vayron qildi va hozir siz ko‘rib turganingizdek, bizning o‘simliklarimizni yeyish uchun fermamizga yetib kelishdi. Endi hammasi tamom. Bizda bolalarimizni boqish uchun hech narsa qolmadi va hatto bozordan ovqat sotib olishga ham qodir emasmiz» dedi Qorore.
Somali va qo‘shni Efiopiyada hasharotlar 70 ming gektar yer maydonini vayron qildi. Bu so‘nggi 70 yil ichidagi eng yomon chigirtka “bosqini” bo‘lib, har ikki mamlakatda oziq-ovqat ta’minoti xavf ostida qolmoqda, deya xabar beradi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)