
Mixail Proxorov/Foto: Forbes
Forbes’ning Rossiyada chop etiluvchi versiyasi tahririyati 15 ta yo‘nalish bo‘yicha 2019 yilda Rossiya biznesidagi bosh qahramonlarni ma’lum qildi.
Nashr yil tadbirkori sifatida “Oneksim” guruhi egasi Mixail Proxorovni e’tirof etgan. 54 yoshli milliarder joriy yil avgustida Alibaba Group asoschilaridan biri Jozef Sayga “Bruklin Nets” basketbol klubi aksiyalari nazorat paketini 1,35 mlrd dollarga sotgan. 2018 yilda Say “Nets”ning 49 foiz aksiyasini 1 mlrd dollarga sotib olgandi. Proxorov basketbol klubining 80 foiz aksiyasi va Barclays Center stadionining 45 foiz aksiyasini 2009 yilda developer Bryus Retnerdan 223 mln dollarga sotib olgan. Tadbirkor bugungi kunda 9,8 mlrd dollarlik boylik bilan dunyoning eng badavlat kishilari reytingida 139-o‘rinni, Rossiya reytingida esa 12-o‘rinni egallamoqda.
Forbes “Lukoyl”ni yil kompaniyasi deb topgan.
Nashr talqiniga ko‘ra, yil investori RTP Ventures venchur jamg‘armasi asoschisi Leonid Boguslavskiy bo‘ldi. U AQSHning Datadog kompaniyasi IPO’sidan 600 mln dollar ishlab olgan.
Nashr “yil mojarosi” sifatida “Vostochniy” bankidagi bahsni tanlagan. Uning oqibatida Baring Vostok jamg‘armasi asoschisi bo‘lgan AQSH fuqarosi Maykl Kalvi uy qamog‘iga olingan. Kalvi 2,5 mlrd rubllik mulkni o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda.
“Yil murosasi” sifatida rossiyalik milliarder Oleg Deripaskaning unga qarashli En+ xoldingi aktivlarining AQSH sanksiyalari ostidan chiqarilishi bo‘yicha AQSH moliya vazirligi bilan kelisha olgani e’tirof etilgan.
“Gazprom”ning yangi aksiyadorlari “yil jumbog‘i” deb topilgan: joriy yilda kompaniya noma’lum xaridorlarga 326,8 mlrd rubllik 6,5 foiz aksiyasini sotgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar