
Hindistonning Tamilnadu shtatida joylashgan Seriyalur-Inam qishlog‘ida asosan induizmga e’tiqod qiluvchi hindlar yashaydi, musulmonlar esa ozchilik.
Ammo yaqinda bo‘lib o‘tgan mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi (panchayat) rahbarligiga saylovda qishloq aholisi musulmon nomzodni tanladi. Siasat nashrining yozishicha, saylovda 45 yoshli Muhammad Jiyovuddin 1360 ovozdan 554 tasini olgan va g‘olib chiqqan.
“Federal hukumat fuqarolik to‘g‘risidagi sharmandali qonunni qabul qilib, turli dinlarga mansub odamlar o‘rtasida nizo qo‘zg‘ashga urinayotgan bir paytda biz, hindlar panchayatimizning birligi va dunyoviyligi uchun musulmon rahbarni saylashga qaror qildik”, – deydi Seriyalur-Inam qishlog‘ida yashvochi S. Kamarasu.
O‘tgan yilning dekabrida Hindiston hukumati fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritdi. Unda qo‘shni Bangladesh, Pokiston va Afg‘onistondan kelgan diniy ozchilikka mansub qochqinlarga fuqarolik berish ko‘zda tutilgan, biroq bunday imkoniyat musulmon qochqinlarga berilmadi. Bu esa mamlakatda norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar