2 705
Putin bir shaxs hokimiyatda muddatsiz bo‘lishi tajribasiga qaytmagan ma’qulligini ma’lum qildi
Foto: «RIA Novosti»
Bir shaxs hokimiyatda muddatsiz bo‘lishi tajribasiga qaytmagan ma’qul. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.
Putin bilan muloqot chog‘ida faxriylardan biri prezident vakolatlarini aniq muddatlar bilan cheklashdan voz kechish va buni Rossiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yishni taklif qildi. Bunga javoban Putin ayrim fuqarolardagi prezident almashinuvi olib kelishi mumkin bo‘lgan beqarorlik bilan bog‘liq xavotirlarini tushunishi, biroq sovetlar paytidagi tajribani qayta tiklash zarurati yo‘qligini bildirdi.
«O‘tgan asrning 80 yillari o‘rtalaridagi davlat rahbarlari oxirgi kunlarigacha hokimiyatda bo‘lishlari va hokimiyat almashinuvi uchun zarur shartlarni ta’minlamasliklariga oid vaziyatga qaytish juda ayanchli bo‘lar edi. Yaxshisi, bunday holatga qaytmagan ma’qul», — dedi Rossiya prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?