20:43 / 24.01.2020
5 136

Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi

Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi
Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi elektron mikroskopda olingan koronavirus (2019-nCoV) ning birinchi suratini e’lon qildi.

Joriy yil 23 yanvar tonggi holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 600 dan ziyod holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan 22 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda mutaxassislar xalqaro favqulodda holat e’lon qilishdan oldin avj olgan kasallik haqida ko‘proq ma’lumot olishlari kerakligi to‘g‘risida qarorga kelishgan.

“RBK”ga asoslanib, Daryo.uzʼning xabar berishicha, mutaxassislar virusning shtammini ajratishga erishgan bo‘lib, bu uning tuzilishini o‘rganishga yordam beradi.

Foto: chinacdc.cn
Koronavirusning tanasi quyosh tojlarini eslatib yuboruvchi turtib chiqqan qismlar bilan o‘ralgani sababli u shunday nom olgan. Markaz tomonidan e’lon qilingan suratda shunday belgilari ko‘ringan.

24 yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirus sababli 875 kishi pnevmoniya bilan kasallangani aniqlangan. AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnam, Tailand, Singapur, Gonkong, Makao va Tayvanda ham kasallanish holati qayd etilgan.

Xabar berilishicha, shaharda maxsus shoshilinch shtab joylashtirilgan va 2020 yil 23 yanvar soat 10:00 dan boshlab jamoat transporti (avtobuslar, metro, paromlar va boshqalar) vaqtincha to‘xtatildi, aeroport va temir yo‘l stansiyalaridan chiqadigan reyslar bekor qilindi. Shahardan chiqish yo‘llari yopilgan. Shaharning barcha transport vositalari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi