
Foto: Sputnik Qozog‘iston
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida birinchi smenada o‘qiydigan 0 — 11 sinf maktab o‘quvchilari hamda 1—2-kurslarda tahsil oladigan kollej talabalari uchun darslar qoldirildi. Bu haqda «Regnum»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
Ayrim maktablarda ikkinchi smenada o‘qiydigan 1—2-kurs kollej talabalari hamda barcha sinfdagi maktab o‘quvchilarining mashg‘ulotlari bekor qilingan. Darslarning qoldirilishi ob-havo sharoiti yomonlashishi bilan bog‘liq.
Nur-Sulton favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga yaqin bir necha kun ichida havo harorati -28 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.
Semipalatinsk ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar maktablarida birinchi smenada o‘qiydigan 1—9-sinf o‘quvchilarining ham darslari bekor qilingan.
Nur-SultonQozog‘istonMaktab DarslariOb-havo SharoitiFavqulodda VaziyatlarTa'lim Boshqarmasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar