21:23 / 04.02.2020
4 300

Erdog‘an: “Qrim anneksiyasini tan olmaymiz”

Erdog‘an: “Qrim anneksiyasini tan olmaymiz”
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an kecha, 3 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Ukrainada bo‘lib, mazkur mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muzokaralardan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Rajab Toyyib Erdog‘an Qrim masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Turkiya sifatida Qrimning noqonuniy anneksiyasini tan olmasligimizni yana bir bor ta’kidlayman. Ukrainaning suverenitetini va Qrimni ham o‘z ichiga olgan hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, – dedi u.

Shuningdek, Erdog‘an mintaqadagi gumanitar inqirozni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarda Ukraina xalqiga qo‘ldan kelgancha yordam berilishini bildirdi. Shu kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Kiyevda Qrim tatarlarining yetakchisi Mustafo Jamilevni qabul qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an: “Qrim anneksiyasini tan olmaymiz”