Loyihaga ko‘ra chap tomondagi shakl o‘ng tomondagiga o‘zgaradi
Belarus parlamenti shu yil bahorda davlat gerbiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
O‘zgartirishning asosiy qismi badiiy xususiyatga ega. Loyihada aytilishicha, gerb ko‘rinishi yirikroq bo‘ladi, "Respublika Belarus" yozuvi yanada aniqroq ko‘rinishga keltiriladi. Shuningdek, gerbdagi tasmalar rangi, tillarang boshoqlar shakli, zig‘ir (lyon) va sebarga (klever) rasmi o‘zgaradi.
Bundan tashqari, davlat gerbidagi globusda tasvirlangan va Rossiya aniq ko‘rinib turgan Yevrosiyo xaritasi Yevropa xaritasiga almashadi.
Belarusning hozir amalda bo‘lgan gerbi Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi gerbining o‘zgartirilgan ko‘rinishi bo‘lib, u 1995 yil 7 iyunda o‘sha yil 14 mayda o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra joriy qilingan. Svoyet Ittifoqi qulagan 1991 yil 10 dekabrdan 1995 yilgacha esa “pogonya” – qilich-qalqon ko‘targan, ot ustida yovga hamla qilayotgan jangchi tasviri Belarus davlat gerbi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi