
Porsche Taycan Turbo Foto: yorkshirepost.co.uk
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts o‘zi uchun birinchi marta to‘liq elektrlashtirilgan avtomobil sotib oldi. Bu haqda u YouTube-bloger Markus Braunli kanali uchun bergan intervyusida aytgan.
Bill Geyts biznesda muqobil energiyani qo‘llashga misol qilib Tesla kompaniyasini aytib o‘tgan, ammo u xarid qilgan elektromobil boshqa kompaniyaniki – Porsche Taycan Turbo modeli ekan.
Geyts suhbatda, elektrokarlar yurish zaxirasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan ortda qolishini aytgan. Shuningdek, Tesla kompaniyasida birorta ham ichki yonuv dvigatelli avtomobil yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.
Porsche Taycan Turbo haqida gapirayotib, Bill Geyts bu o‘zining ilk elektromobili ekanini va o‘ziga juda yoqishini ta’kidlagan. Tvitter foydalanuvchilari bu borada Ilon Mask fikri bilan ham qiziqishgan. Izoh yozganlardan biri, kuzatuvchilarning aksariyati Geyts fikriga quloq solishini, chunki u “aqlli yigit” ekanini ta’kidlagan. Mask bunga javoban, Bill Geyts bilan kechgan suhbatdan ta’sirlanmaganini aytgan, xolos.
I'm disappointed because a lot of people are going to watch the interview and they are going to trust Bill's word for it and not even consider EVs. Why? Because Bill Gates is a really smart guy!
— Tesletter (@tesletter) February 18, 2020
Aytish kerakki, Porsche Taycan Turbo narxi 150 000 dollardan oshadi, Tesla esa o‘z elektrokarlarini bundan ancha arzon sotadi. Masalan, boshlang‘ich komplektatsiyadagi Model 3 elektromobili 35 000 dollar turadi – farq to‘rt baravardan ham ortiq!

Tesla Model 3 / Foto: rock-cafe.info
O‘zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarov Toshkent ko‘chalarida tezlikni oshirib haydagan avtomashina – Model S esa Long Range Plus komplektatsiyasida 79 000 dollar turadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar