
Foto: TASS
Germaniyada hozirgacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 10ta holat qayd etilgan.
Germaniyadagi Robert Kox nomidagi institut rahbari professor Lotar Viler niqobni koronavirusga chalinganlar taqishi maqsadga muvofiqligini aytdi.
"Agar kasallikka chalingan bo‘lsangiz va niqob taqib yursangiz, yo‘talganingizda yoki aksirganingizda virus atrofga tarqalmaydi", - dedi u. Ammo professorning so‘zlariga ko‘ra, niqobdan foydalanish koronavirusga chalinishdan saqlashi "isbotlanmagan".
U shuningdek, qo‘llarni tez-tez yuvish kerakligini ta’kidladi.
"Bu virus havo-tomchi yo‘li orqali yuqishini bilamiz, ya’ni kimdir aksirganida yoki yo‘talganida qo‘li yoki ro‘molchasi bilan og‘iz-burnini berkitadi. Agarda u keyin kim bilandir qo‘l berib ko‘rishsa, kasallik yuqishi mumkin, shu bois qo‘llarni yuvib yurish zarur", - dedi Viler.
Institutning ma’lumot berishicha, Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 10ta holat qayd etilgan.
Robert Kox nomidagi institut yuqumli kasalliklarni o‘rganishga ixtisoslashgan.
GermaniyaKoronavirusNiqob TaqishRobert KoxProfessor VilerYuqumli Kasalliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar