Foto: «poisknews.ru»
Londonda xavfli virusga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun sinovlarda qatnashgan ko‘ngillilarga 3500 funt sterling (4 580 AQSH dollari) to‘lanadi. Bu haqda «Daily Mail»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Londonning Uaytchepel hududida joylashgan Queen Mary bio-korxonalar innovatsion markazi tadqiqotlar uchun 24 nafar jamoatchilik a’zolarini jalb qilmoqda.
Ularning organizmiga xavfli virusning ikki kuchsiz turidan yuboriladi va koronavirus alomatlari «chaqirtiriladi». So‘ng Hvivo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vosita sinovdan o‘tkaziladi. Uning samaradorligini tekshirish uchun bemorlar ikki hafta davomida karantinda saqlanadi.
Bundan tashqari, yana 35 ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda va Britaniya hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 46 million funt ajratishga va’da bermoqda.
Ammo, mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaksinaning tasdiqdan o‘tishiga qadar hozirgi epidemiyani to‘xtatishga kech qolinishi mumkin. Chunki bugungi kunda dunyo bo‘ylab 110.000dan ortiq kishi COVID-19 bilan kasallanishga ulgurgan. Vaksinalarni sinab ko‘rish esa shu yilning aprel oyi oxirida boshlanadi va 14 oy davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi