
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus sabab favqulotda holat e’lon qildi. Bu haqda maxsus tashkillashtirilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra favqulotda holat e’lon qilinishi koronavirusga qarshi kurash uchun muhim chora hisoblanadi. AQSH prezidenti koronavirusga qarshi kurash uchun 50 milliard dollargacha pul ajratilishi mumkinligini aytdi. Favqulotda holatning dastlabki bosqichida virusdan himoyalanish uchun kerakli bo‘lgan vositalar mamlakat bo‘ylab tarqatiladi.
Watching Trump stumble in responding (late) to the Covid-19 virus spread, it is clear his incompetence knows no bounds.
— Julián Castro (@JulianCastro) March 13, 2020
Our nation desperately needs a new president. pic.twitter.com/TAnbxv2ZrV
Tramp favqulotda holat e’lon qilinishiga oldinroq yozgan tvitterdagi postida ishora qilgandi: «Bugun 15:00da Oq uyda matbuot anjumani o‘tkaziladi. Mavzu: koronavirus!», deb yozgandi Tramp o‘z mikroblogida.
12 mart kuni Tramp koronavirusga qarshi kurash maqsadida 30 kunga Yevropa mamlakatlaridan AQSHga kirishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgandi. Oldinroq AQSHning Vashington, Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida favqulotda holat e’lon qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar