17:30 / 14.03.2020
2 641

Bill Geyts Microsoft direktorlar kengashini tark etdi

Bill Geyts Microsoft direktorlar kengashini tark etdi
Foto: EPA
Microsoft asoschisi Bill Geyts kompaniya direktorlar kengashini tark etishga qaror qildi. «RBK»ning yozishicha, bu haqda u o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qilgan.

«Microsoft har doim hayotimning muhim qismi bo‘lib qoladi va men Satya Nadella (korporatsiyaning bosh direktori) va texnik rahbariyat bilan kompaniyaning qarashlarini shakllantirish va ulkan maqsadlarga erishishda yordam berishda davom etaman», — degan u.

Korporatsiya xabarida aytilishicha, Bill Geyts sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi xayriya ishlariga ko‘proq vaqt sarflamoqchi. U kompaniyada Nadella va boshqa Microsoft rahbarlarining maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi.
Geyts, shuningdek, Berkshire Hathaway investitsiya fondi direktorlar kengashidan ham ketishini ma’lum qilgan.

Geyts Microsoft’ga 1975 yilda tadbirkor Pol Allen bilan asos solgan. U 2008 yilgacha kompaniya bosh direktori bo‘lgan. So‘ng rafiqasi Melinda bilan birga asos solgan xayriya jamg‘armasi (Bill & Melinda Gates Foundation)ga ko‘proq e’tibor qaratish uchun ushbu lavozimni tark etgan.
Tadbirkor direktorlar kengashiga 2014 yilgacha rahbar bo‘lgan. So‘ng bu lavozimni Jon Tompson egallagan.

Bill Geyts Microsoft aksiyalarining taxminan 1 foiziga egalik qiladi. Forbes uning boyligini 103,6 milliard dollarga baholagan, jurnal uni dunyoning eng boy odamlari reytingida (Amazon bosh direktori Jeff Bezosdan keyin) ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. Bloomberg milliarderlar reytingida birinchi o‘ringa chiqib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts Microsoft direktorlar kengashini tark etdi