07:55 / 19.03.2020
3 078

Lotin Amerikasida ahvol qanday?

Lotin Amerikasida ahvol qanday?
Braziliya dastlabki 15 kun davomidagi sog‘liqni saqlash tizimida muammolar sabab Venesuelaliklar bilan chegaralarni yopdi.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) ham iqtisodiy jihatdan past darajadagi Venesuelaning koronavirus bilan kurashishda yordam berish uchun 5 milliard dollarlik qarz olish haqidagi iltimosini rad etdi.

Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi. Chili va Peru ham yuzlab kasallikka chalinish holatlari haqida xabar berishmoqda.

Kolumbiya va Boliviyada favqulodda holat e’lon qilindi. Boliviya prezidentlik idorasi 31 martga qadar 12 soatlik tunda komendantlik soati joriy qildi va ikki kun ichida chet elliklar bilan chegaralarni yopishini aytdi.

Dominikan Respublikasi Prezidenti Danilo Medina mamlakat o‘z chegaralarini yopishini va xalqaro havo qatnovlarini payshanba kunidan boshlab 15 kunga to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Futbol dunyosida bir oy davom etadigan 2020 yilgi Kopa Amerika musobaqasi 2021 yil iyun oyiga qoldirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lotin Amerikasida ahvol qanday?