date
views 3 702

Rossiya rubli yil boshidan buyon dunyoning eng yomon valyutasi bo‘ldi

Rossiya rubli yil boshidan buyon dunyoning eng yomon valyutasi bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
Rossiya rubli AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanish bo‘yicha yil boshidan buyon dunyoda eng yomon ko‘rsatkich qayd etdi. 18 mart holatiga ko‘ra u yil boshidan buyon 28,59 foizga qadrsizlangan.

Undan so‘ng esa Braziliyaning reali bormoqda. U 28,1 foiz kuchini yo‘qotgan. Meksika pesosining qadrsizlanishi esa 26,91 foizni tashkil etdi. Shuningdek «kuchsiz beshlik»ka yana Norvegiya kronasi va Janubiy Afrika rendi ham kiradi.

Neft keskin arzonlashgandan so‘ng dollar kursi 80 rubldan pastga tushib ketdi. Neftning Brent va WTI tasniflari oxirgi 20 yildagi minium qiymatiga kelib qolgan.
Tahlilchilar tomonidan bildirilishicha, vaziyat shu holatda davom etsa 1 AQSH dollarining qiymati 100 rublga yetib borishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya rubli yil boshidan buyon dunyoning eng yomon valyutasi bo‘ldi