20:00 / 20.03.2020
4 636

Bollivud yulduzlari Instagram’dagi postlaridan qancha ishlab topadi?

Bollivud yulduzlari Instagram’dagi postlaridan qancha ishlab topadi?
Instagram butun dunyoda bo‘lgani kabi Hindistonda ham o‘ta ommalashgan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Bollivud yulduzlari bundan unumli foydalangan holda muxlislariga turli mahsulotlarni reklama qilib, o‘z akkauntlaridan daromad ko‘radi. Quyida aktyor va aktrisalarining reklama postlaridan qancha ishlab topishi haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Priyanka Chopra
View this post on Instagram

Harper’s BAZAAR Singapore, March 2020

A post shared by Priyanka Chopra Jonas (@priyankachopra) on


Priyanka Chopra nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda ham mashhur shaxslardan biri. Ayniqsa amerikalik xonanda va aktyor Nik Jonasga turmushga chiqqanidan keyin u yanada shuhrat qozondi.

Priyanka Instagram’da ancha faol hamda tez-tez folloverlarini yangi rasmlar bilan xushnud etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u akkauntida biron mahsulotni reklama qilishi uchun kamida 200 ming dollar gonorar oladi.

Aliya Bxatt
View this post on Instagram

Safeena ????

A post shared by Alia ☀️ (@aliaabhatt) on


Aliya Bollivuddagi ayni davrning eng sevimli aktrisalaridan biri. Uni Instagram’da 44 millliondan ko‘proq kishi kuzatadi. Aliya sahifasidagi reklama posti uchun o‘rta hisobda 100 ming dollar oladi.

Shohruh Xon

Bollivud qirolining Instagram’dagi folloverlari soni kun sayin ortib bormoqda. U bitta reklama posti uchun o‘rta hisobda 80—100 ming dollar oladi.

Amitabx Bachchan

Afsonaviy aktyor Amitabx Bachchanni Instagram’da 14 million kishi kuzatadi. Aktyor postida biror brendni tilga olishi uchun unga 50 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

Shahid Kapur

Shahid Kapur ham Bollivudda tobora mashhurlik qozonayotgan aktyor. U reklama posti uchun 25 ming dollar oladi.

Nexa Dxupiya

Aktrisa Nexa Dxupiya televideniyedagi bir nechta shoulari bilan mashhurlikka erishgan. Uning Instagram akkaunti ona bo‘lganidan so‘ng ommalashdi. Nexa tijoriy post uchun taxminan 2500 dollar oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bollivud yulduzlari Instagram’dagi postlaridan qancha ishlab topadi?