12:21 / 27.03.2020
6 031

Xalk xotini bilan ajrashib, uning jiyaniga uylandi. Yangi turmush o‘rtoq avvalgisidan 10 yosh kichik

Xalk xotini bilan ajrashib, uning jiyaniga uylandi. Yangi turmush o‘rtoq avvalgisidan 10 yosh kichik
O‘tgan yilning iyulida Xalk xotini - 12 yil birga yashagan 41 yoshli Iran Souza bilan ajrashdi (suratda chapda). Ajrashuvdan bir necha oy o‘tib braziliyalik forvard yangi muhabbatini topdi. Bu qiz futbolchi sobiq xotinining jiyani 31 yoshli Kamila (suratda o‘ngda).

Futbolchi turli mish-mishlardan qochish uchun ushbu ma’lumotni o‘zi tasdiqladi. "Xalk Kamilaning ota-onasi va akasiga qo‘ng‘iroq qilib, haqiqatni gapirdi va uning oilasi bilan batafsil gaplashib oldi. Ular oktabrda uchrashishni boshlashdi. Xalk bu ma’lumotni o‘zi e’lon qildi, chunki yashiradigan hech narsa yo‘q. Uning pozitsiyasi shaffof, futbolchi soxta izohlar bo‘lishini xohlamadi" - deydi Xalk vakili.

Kamila yaqindagida tibbiyot institutini yakunladi, ammo qizning instagramiga e’tibor bersangiz, u bloger bo‘lishni xohlayotganga o‘xshaydi.


Valentin kunida Xalk va Kamila bir-biriga uzuk taqishdi.


Shu kunlarda esa turmush qurishga ulgurishdi.

Argentinaning Infobae nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Kamila Xitoy vizasini olish uchun turmushga chiqqan, bu vizani futbolchilar xotinlariga avtomatik ravishda berishadi.

Xalk birinchi xotiniga yaqin joyda yashagan va uni Yaponiyada uchratib qolgan. Ular 12 yil birga hayot kechirishdi, ularning uch farzandi bor
Xalk birinchi xotini bilan faoliyatining boshida tanishib qolgan. Iran Souza futbolchi tug‘ilgan Braziliyaning Paraiba shtatida katta bo‘lgan. Ammo ularning uchrashuvi sayyoraning boshqa nuqtasida, Xalk 2005-2009 yillarda to‘p tepgan Yaponiyada sodir bo‘lgan.

"Braziliya mahsulotlari sotiladigan do‘konda uchrashib qolganmiz. U do‘konda bir-nimalarni ko‘rayotgan edi. Iran meni biroz taniydigan dugonasi bilan kelgan ekan. O‘sha qiz meni chaqirdi: "Hoy, Paraiba!" Iran menga o‘girildi va quyidagi gapni aytdi: "Paraiba? Men ham o‘sha yerdanman!" Tasavvur qilyapsizmi, Braziliyada 15 daqiqalik yo‘l ajratib turadigan joyda yashab, dunyoning boshqa chekkasida tanishdik. Do‘stligimiz shunday boshlangan. Keyin muhabbatga o‘tdik" - deya hikoya qilib bergan Xalk.

Braziliyalik bo‘lajak xotinini futbolga taklif qilgan: "Iran bungacha futbolga e’tibor bermasdi, nima bilan shug‘ullanishimga qiziqmagan. Bir o‘yinda ikkita gol urganimdan so‘ng, u shunday dedi: "Zo‘rsan-ku! Yaxshi o‘ynar ekansan!"

Iran Yaponiyada model bo‘lib ishlardi. 12 yillik turmush davomida bu juftlik oilasida 2 o‘g‘il - Ian (10 yosh) va Tyago (8 yosh) dunyoga keldi.
2016 yilda esa oila Alisa ismli qizaloqni (hozir 6 yosh) boqib olishdi.

"Do‘stlarim, siz bilan ajoyib yangilikni bo‘lishmoqchiman: Alisa ismli go‘zal farishta endi oilamiz a’zosi. Endi dunyodagi eng baxtli insonman. Alisa, dadang seni yaxshi ko‘radi".

Iran jiyani bilan tushgan barcha suratlarni o‘chirib tashladi. Kamila uning sevimli qarindoshi edi
Braziliya OAVning yozishicha, Kamila yaqin-yaqingacha Iranning sevimli jiyani bo‘lgan. Ikki ayol Instagramda birga suratga tushib, bir-birini juda hurmat qilishi haqida yozishardi. Kamila haqida ma’lumot paydo bo‘lganidan so‘ng, Iran u bilan tushgan suratlarini o‘chirib tashladi. Kamila esa yanvar oyida Instagramda yangi sahifa ochdi.


Iran yangiliklarni o‘qiganidan so‘ng, dekabrda bolalari bilan Xitoyni tark etdi. "3,5 yil davomida baxtli bo‘lgan shahrimiz bilan xayrlashyapmiz. Oldinda yangi orzular va hammasini boshidan boshlash imkoniyati kutib turibdi. Hammasi oldinda. Yangi davr, yangi hayot boshlanyapti. Hammasi uchun rahmat, Shanxay! Biz seni yaxshi ko‘ramiz!"


Hozir Iran boshqa ishlar bilan band: Koronavirus Braziliyagacha yetib bordi. U hammadan duo qilishni va tibbiy niqob taqishni unutmaslikni so‘rayapti.


Manba: сhampionat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xalk xotini bilan ajrashib, uning jiyaniga uylandi. Yangi turmush o‘rtoq avvalgisidan 10 yosh kichik