09:00 / 05.04.2020
5 059

Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi

Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlar bu provokatsiya, dedi Nazarboyevning matbuot-kotibi Aydos Ukiboy.

Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sog‘lig‘i haqida haqiqatga mutlaqo zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi — fitna va yolg‘on. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sog‘lom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda“, — degan Ukiboy.

U shuningdek, Nazarboyev 3 aprel kuni viloyat va shahar hokimlari bilan muloqot qilganini eslatib o‘tgan. Ular regionlardagi vaziyatni va qozog‘istonliklar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini muhokama qilishgan.

Shu hokimlarning har biri Yelbasi sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotni tasdiqlashi mumkin, deya ishontirgan Ukiboy.
Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, bo‘lishishga va’da bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, qat’iy karantin sharoitida Yelbasining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berildi