PA MEDIA
Buyuk Britaniya bosh vaziri, koronavirusga chalingach shifoxonaning intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan Boris Jonsonning ahvoli yaxshilandi.
«Bosh vazir jonlantirish bo‘limidan palataga olindi va davolanishning birinchi bosqichini jiddiy nazorat ostida davom ettiradi. Uning kayfiyati juda yaxshi», deya Jonsonning vakilining so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
Boris Jonsonda 27 mart kuni koronavirus aniqlangan va uning o‘zi bu haqda tvitterdagi sahifasida xabar qilib, masofadan ishlashini ma’lum qilgandi. Ammo 10 kun o‘tib ham kasallik alomatlari yo‘qolmagach, 55 yoshli Jonson 6 aprel kuni Londondagi Sent-Tomson kasalxonasiga yotqizilgan.
Bosh vazir uch kun davomida muolajalarni har ehtimolga qarshi jonlantirish bo‘limida olayotgandi. Jonson davolanishda bo‘lgan vaqtida Britaniya bosh vaziri lavozimini vaqtincha tashqi ishlar vaziri Dominik Raab egallab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi