Foto: Xinhua
Qamoqxonalar ishlari bo‘yicha hukumat departamenti boshlig‘i Ahmad Rashid Tutahayning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni ozod qilish jarayoni may oyi boshida boshlanadi.
Afg‘oniston hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat qamoqxonalaridagi 12 mingdan ortiq mahbusni ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda The Khaama Press agentligi xabar berdi.
Qamoqxonalar ishlari bo‘yicha hukumat departamenti boshlig‘i Ahmad Rashid Tutahayning so‘zlariga ko‘ra, "mamlakat prezidenti Ashraf G‘anining qarori bilan 12 399 nafar mahbus ozodlikka chiqariladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mahbuslarni ozod qilish jarayoni may oyi boshida boshlanadi.
Afg‘oniston prezidenti 26 mart kuni mahalliy qamoqxonalarda koronavirus tarqalishi xavfi bois 10 mingga yaqin mahbusni amnistiya qilish to‘g‘risida farmon chiqargandi. Hujjatga muvofiq, shu kunga qadar 6 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarilgan.
Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1,5 mingga yaqin bo‘lib, 50ga yaqin kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)