date
views 2 448

Yaponlarning yutug‘i nimada?

Yaponlarning yutug‘i nimada?
1. Yaponiyada boshlang‘ich sinflarga toki oltinchi sinfgacha "Axloq tomon yo‘l" dasturi ostida dars o‘tishar ekan. Bunda o‘quvchilar faqat axloq va kishilar bilan muomalani o‘rganishar ekan.

2. Birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha imtihon bo‘lmas ekan. Chunki bu vaqtda maqsad tarbiya qilish, tushunchalarni singdirish va shaxsiyatni shakllantirish bo‘lar ekan.

3. Yaponlar boy bo‘lishiga qaramasdan ularda xizmatkorlar yo‘q ekan. Uy va bolalardan ota-ona mas’ul ekan.

4. Yapon o‘quvchilari ustozlari bilan birga xar kuni 25 daqiqa maktabni tozalash bilan shug‘ullanishar ekan. Bu ularni tozalikka haris bo‘lib, kamtarin bo‘lib o‘sishlariga yordam berar ekan.

5. Yapon o‘quvchilari maktabga o‘zlari bilan zararsizlantirilgan tish cho‘tkasini olib borishar ekan. Ovqatdan so‘ng tishlarini yuvishar ekan. Ular yoshlikdan salomatliklariga e’tiborli bo‘lishga ko‘niktirilar ekan.

6. Maktab mudirlari o‘quvchilardan yarim soat oldin ovqatlanishar ekan. Bu bilan ovqat bolalarga zarar beradimi yo‘qmi, shuni aniqlab berishar ekan. Ular o‘quvchilarni Yaponiya kelajagi deb bilishar, ularni himoya qilish lozim deb e’tiqod qilishar ekan.

7. Yaponiyada farroshlarni "salomatlik muhandislari" deyishar ekan. Ular 5000 dan 8000 dollargacha maosh olishar ekan. Ularni ishga olishdan oldin yozma va og‘zaki imtihondan o‘tkazishar ekan.

8. Yaponiyada poyezdning kechikish o‘lchami yilda 7 soniya ekan. Ular uchun vaqt juda qiymatli ekan. Soniya va daqiqalarga o‘ta diqqatli ekan ular.

9. Agar Yapon oshxonalariga borsang ularni o‘ziga yetarli ovqat olayotganini ko‘rasan. Ulardan ovqat ortib qolmas ekan.

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponlarning yutug‘i nimada?