date
views 2 250

Nur-Sulton aeroporti aviaqatnovlar qayta tiklanishiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (foto)

Nur-Sulton aeroporti aviaqatnovlar qayta tiklanishiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (foto)
Foto: Tengrinews
Nur-Sulton xalqaro aeroporti 1 maydan reyslarni tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda Tengrinews'ga tayanib Daryo.

Qayd etilishicha, 1 maydan boshlab yo‘lovchilarga poytaxt aeroportida yerusti xizmati xodimlari, inspeksiya xizmatlari, tozalovchilar va yuk tashuvchilar xizmat ko‘rsatadi. Ishga jami 35 kishi ishga jalb qilinadi.

Foto: Tengrinews
Aeroportda yo‘lovchilar masofa saqlashi lozim.

Foto: Tengrinews
Buning uchun kutish zallarida yangi belgi qo‘yildi va ayrim o‘rindiqlar muhrlandi.

Foto: Tengrinews
Shuningdek, butun aeroport bo‘ylab yo‘lovchilarga ko‘rsatmalar yozilgan 1000 ta nakleyka yopishtirilgan.

Foto: Tengrinews
«Umumiy hisobda 2000 metr to‘siq lentalari ishlatildi, 800 metr pol chiziqlaridan foydalanildi. Ishga aerovokzal majmuasining 15 nafar xodimi jalb etildi», — deya ma’lum qilingan xalqaro aeroportdan.

Foto: Nur-Sulton aeroporti matbuot xizmati

Foto: Tengrinews
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27 aprel kuni mamlakatda 16 martdan buyon amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi 11 maygacha uzaytirilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, To‘qayev Nur-Sulton va Olmaota shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklanishini, shuningdek, ba’zi hududlarda karantin rejimi yengillashtirilishini ham bildirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3205 kishiga yetdi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, 819 nafar bemor sog‘aygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nur-Sulton aeroporti aviaqatnovlar qayta tiklanishiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (foto)