date
views 1 792

Boris Jonson koronavirusdan o‘ladigan bo‘lsa, qanday asosiy harakatlar rejasi tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qildi

Boris Jonson koronavirusdan o‘ladigan bo‘lsa, qanday asosiy harakatlar rejasi tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
Britaniya hukumati rahbari Boris Jonson The Sun gazetasiga bergan intervyusida koronavirus oqibatida vafot etgudek bo‘lsa, bu borada bir necha ssenariy tayyorlab qo‘yilgani, shuningdek, shifokorlar uning o‘limini e’lon qilishga tayyorlangani to‘g‘risida gapirib berdi.

«To‘g‘risini aytsam, shifokorlarning vaziyat boshqacha tus oladigan bo‘lsa, qanday yo‘l tutishi bo‘yicha turlicha rejalar bor edi. Ahvolim yaxshi emas edi, chunki qonimdagi kislorod miqdori kamayishda davom etayotgandi», — deydi bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda infeksiyadan vafot etadigan bo‘lsa, harakatlarning bir necha asosiy rejalari tuzib olingan. Biroq Jonson, ahvoli og‘irlashganiga qaramay, o‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi faktni qabul qilishdan bosh tortgan. «Ich-ichimdan nimadir oxiri hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirishda davom etardi», — deydi Jonson.

Bosh vazirning aytishicha, u kasalxonadaligida «litrlab» kislorod olgan. «Mening shunchaki ko‘nglim qolgan edi. Reanimatsiyaga kelayotgan va undan chiqib ketayotgan ko‘plab qurbonlarni ko‘rganimni eslayman», — deya qo‘shimcha qiladi Jonson.

Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, u uch kun davomida reanimatsiyada yotganidan so‘ng tibbiyot xodimlarining «mo‘’jizakor mehnati» sabab oddiy palataga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson koronavirus bilan kasallangani haqida 27 mart kuni ma’lum bo‘lgandi. 5 aprel kuni u ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgandi. Biroq keyinroq siyosatchining sog‘lig‘i keskin yomonlashib, jonlantirish bo‘limiga olingandi. 9 aprel kuni esa bosh vazir intensiv terapiyadan oddiy palataga o‘tkazilgan. 12 aprel kuni esa kasalxonadan chiqib, uyda davolanishni davom ettirgandi. 27 apreldan esa yana ishini davom ettirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson koronavirusdan o‘ladigan bo‘lsa, qanday asosiy harakatlar rejasi tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qildi