Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati avvalroq kiritilgan immigratsiyani qisman taqiqlash to‘g‘risidagi farmonning amal qilish muddatini uzaytirish hamda mamlakatga kirishga qo‘shimcha cheklovlar kiritish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, yangi farmonda xorijlik yuqori malakali mutaxassislarga H1-B ish vizasi, qishloq xo‘jaligida ishlaydigan vaqtinchalik ishchilar uchun H2-B vizasi hamda ishlash huquqini beruvchi talabalar vizasi berilishi taqiqlanishi mumkin. Ushbu cheklovlar bir necha oy yoki yilga cho‘zilishi mumkin.
Tramp 22 aprelda qator toifalar uchun immigratsiyaga 60 kunlik taqiq joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Shu bilan birga, boshpana yoki qochqin maqomini so‘rash huquqi cheklanmaydi.
Avvalroq Oq uy rahbari hujjat AQSHga vaqtinchalik keladiganlar va fermer xo‘jaligi ishchilariga taalluqli emasligini aytgandi.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 1,2 milliondan oshgan, 75,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi