Foto: press-slujba GPS Kirgizii
RIA Novosti” xabar berishiga ko‘ra, 24 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana ikki davlat harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ikki mamlakatning chegara qo‘shinlarining idoralari ushbu holat yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Qirg‘izistonlik chegarachilar bergan axborotga ko‘ra, Vorux anklavi aholisi Botkent viloyati Botkent tumani Mo‘ynoq qishlog‘i hududida chorva mollarini boqishga uringan. Qirg‘iziston chegara xizmati bunga qarshilik qilgan, oqibatda tojik tomonida noma’lum shaxs o‘t ochgan.
Tojik chegarachilarining ta’kidlashicha, 24 may kuni ertalab qirg‘iz cho‘ponlari Tojikiston hududiga o‘tib, Puli Oftobro‘yo qishlog‘i aholisi bilan janjallashgan.
So‘ngra mahalliy vaqt bilan 11:40 atrofida Qirg‘iziston hamda Tojikiston chegarachilari o‘rtasida qisqa muddatli otishma sodir bo‘lgan. To‘qnashuvda Qirg‘iziston tomonidan hech kimga talafot yetmagan. Tojikistonlik chegarachilardan biri oyog‘idan jarohatlangan. Hozirda ikki davlat chegarachilari o‘rtasida kelishmovchilik kuzatilgan hududdagi vaziyat “nisbatan barqaror”.
Qirg‘iz-tojik chegarasida nizolar, otishmalar tez-tez sodir bo‘lib turadi, sababi ikki davlat o‘z chegara hududlarini belgilashni kelisha olmagan, jumladan, muammoli Vorux qishlog‘i borasida ham murosaga kelinmagan. Belgilab olinmagan hududlarda yer, suv, chegarani noqonuniy kesib o‘tish va etnik to‘qnashuvlar kuzatiladi. Nizolar vaqtida tosh bilan bir-biriga hujum qilish ba’zan esa o‘qotar qurollardan foydalanib otishmalar sodir etish holatlari kuzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi