Foto: Win McNamee/Getty Images/AFP
Amerikalik milliarder Bill Geyts go‘yoki u koronavirusdan vaksina kiritish yordamida odamlarni chiplamoqchi bo‘layotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Milliarder BBC telekanaliga bergan intervyusida bu mish-mishlarni rad etgan.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan keyin Geyts bir qator fitnalar nazariyasi “qahramoni”ga aylandi. Ba’zilarning ta’kidlashicha, koronavirus aynan u sababli paydo bo‘lgan va virusdan vaksinalashdan maqsad odamlarni chiplashdan iborat. Keyinchalik bunday odamlar qandaydir kuchlar manfaati uchun qo‘llanadi. Boshqa farazlarga ko‘ra, milliarder koronavirusdan vaksina ortidan mo‘maygina pul ishlamoqchi.
“Meni bunday telbanoma taxminlar mavjudligi biroz tashvishlantiradi. Va bu farazlarning bir qismi men haqimda ekanligi yanada ajablantiradi. Biz vositani yaratishga pullar xayriya qilamiz, farmakologik kompaniyalarga cheklar yozib beramiz”, deb aytgan Geyts intervyuda.
“Men hech qachon mikrochiplar bilan shug‘ullanmaganman. Buni [ommaviy chiplash] rad etish imkonsizdir, chunki bu faraz ahmoqona va g‘alatidir”, deb qo‘shimcha qilgan milliarder.
Geytsning aytishicha, uning vaksinalar yaratish ustida ishlashining yagona sababi jamoaviy immunitetning shakllantirilishiga erishish zarurligi hisoblanadi. Bunda aholining taxminan 80 foizi koronavirusga chalinmaydi.
“Agar odamlar buni firibgarlik yoki vaksina zararli deb o‘ylasalar va vaksinalanishni istamasalar, unda kasallik odamlarni o‘ldirishda davom etaveradi”, deb ta’kidlab o‘tgan milliarder.
Geyts davlatlar hukumatlarini koronavirusdan samarali va xavfsiz vaksina ishlab chiqilgandan keyin uni birinchi navbatda sog‘liqni saqlash tizimi bo‘sh rivojlangan davlatlar orasida tarqatishga chaqirgan.
YouGov va YahooNews’ning bahor oxirida o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, Geytsning koronavirus paydo bo‘lishiga aloqadorligi haqidagi fitna nazariyasiga 28 foiz amerikaliklar ishonadi. Geytsning ta’kidlashicha, uni bunday so‘rovnomalar natijalari uncha tashvishlantirmaydi.
Bu orada milliarderning jamg‘armasi 4 iyunda koronavirusdan vaksina hamma yerda, jumladan zaif rivojlangan davlatlarda ham bo‘lishi uchun Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga 100 mln dollar ajratdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”