Dunyoda eng xavfsiz davlat Islandiya bo‘lib qolmoqda. U Global tinchliksevarlik indeksi Global Peace Index’da yana eng yuqori pog‘onani egalladi. Iqtisodiyot va tinchlik instituti tahliliy markazi davlatlarning yangi xavfsizlik reytingini taqdim qildi. Reytingning yetakchi beshtaligi o‘zgarishsiz qolgan.
Ro‘yxatda 2-o‘rinni Yangi Zelandiya, 3-o‘rinni Portugaliya egallagan. Eng xavfsiz davlatlar yetakchi o‘ntaligiga Avstriya, Daniya, Kanada, Singapur, Chexiya, Yaponiya va Shveysariya ham kirgan.
Reytingning eng oxirgi o‘rinlarini Yaman, Janubiy Sudan, Iroq, Suriya va Afg‘oniston egallagan.
O‘zbekiston yangi reytingda avvalgisiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 163 ta davlat ichida 103-o‘rinni egallagan. Qo‘shni davlatlardan reytingda eng yaxshi pozitsiyaga Qozog‘iston ega bo‘lib, u 70-o‘rinni egallagan. Shuningdek, Qirg‘iziston 93-o‘rinni, Tojikiston 107-o‘rinni va Turkmaniston 116-o‘rinni egallagan.
Global Peace Index Iqtisodiyot va tinchlik instituti jamiyatshunoslari va iqtisodiyotchilari tomonidan 2007 yildan beri tuzib kelinadi.
Indeksni hisoblash uchun 163 ta davlatdan olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Bunda 23 ta omil, jumladan jinoyatchilik va o‘lim darajasi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, inson huquqlariga amal qilinishi darajasi hisobga olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?