
2020 yil 14 iyun kuni Turkiyaning sharqiy hududida 5,7 balli yer silkinishi kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida vafot etgan va bedarak yo‘qolganlar ichida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi ma’lumotiga asoslanib Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila 14 iyun mahalliy vaqt bilan soat 17:24 da sodir bo‘lgani, kuchli yer qimirlashidan keyin Turkiya sharqidagi Bingel viloyatida 18 kishi bedarak yo‘qolgani, keyinchalik ulardan bir nafari vafot etgani aniqlanganini xabar qilgan.
Hududga 100 nafar shifokor va qutqaruvchi yuborilgan. Shuningdek, 550 ta vaqtincha yashash uchun chodir yetkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra 5,7 balli yer silkinishi markazi sifatida Karlyova hududi qayd etilgan. Zilzila Elzurum, Trabzon, Kars, Vatman, Siirt, Mardin, Elazig va Malatyada ham sezilgan.
Turkiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon Turkiyada bir necha bor kuchli yer qimirlashi kuzatilgan. 2020 yil yanvar va fevral oylarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 44 kishi vafot etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar