Rossiya mudofaa vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning sinovini boshladi. Vaksinani ilk 18 ko‘ngilli harbiy olgan.
Ta’kidlanishicha, vaksina kiritilgandan keyin tajriba ishtirokchilarida ikkilamchi ta’sirlar va asoratlar kuzatilmayapti, ular sog‘liqlaridan shikoyat qilmayapti.
Sinovlar Burdenko nomidagi gospitalda o‘tkazilmoqda. Vaksina olganlar shifokorlar kuzatuvida qoladi. Bir necha kundan keyin vaksinani tadqiqotning barcha ishtirokchilariga kiritish rejalashtirilmoqda.
Sinovlarda 38 kishidan 2 guruh ishtirok etadi. Ularda ham harbiylar, ham fuqarolar ishtirok etmoqda. Avvalroq ular maxsus saralashdan o‘tishgan.
“Emlashdan keyin barcha ko‘ngillilar statsionar sharoitda 28 kun qoladi. U yerda shifokorlar ularning holatini nazorat qiladi: qon tahlillari olinadi, immun javobi shakllanayotgani, vaksinaga nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lmagani kuzatiladi”, deb ma’lum qilingan vazirlikda. Vaksinani olgan ko‘ngillilar statsionardan chiqarilgach, yana 6 oy davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.
Rossiya mudofaa vazirligi 16 iyunda koronavirusdan “Gam-KOVID-Vak” va “Gam-KOVID-Vak Lio” vaksinalarini odamlarda sinashga ruxsat bergan. Ta’kidlanishicha, gap bitta vaksinaning ikki xil shakli haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?