21:00 / 19.06.2020
2 505

Pompeo Jon Boltonni xoin deb atadi

Pompeo Jon Boltonni xoin deb atadi
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo mamlakat prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonni xoin deb atab, uning Oq uy haqidagi kitobini yolg‘onlardan iboratligini aytdi.

«Men Boltonning kitobini o‘qimagan edim, ammo undan nashr etilgan parchalarga ko‘ra, sobiq maslahatchi o‘z kitobida bir qator yolg‘on da’volarni, to‘g‘ridan to‘g‘ri uydirmalarni tarqatgan va aksariyat hodisalarni boshqacha talqin qilib yozgan. O‘zining yolg‘on va uydirmalari bilan davlat obro‘siga va jamoatchilik ishonchiga putur yetkazgan Bolton xoinlik qilib amerikaliklarning ishonchini suiiste’mol qilmoqda», degan Pompeo.

«Dunyodagi do‘stlarimiz Tramp boshchiligidagi AQSH yaxshilikni ko‘zlovchi kuch ekanini bilishadi», deb qo‘shimcha qildi davlat departamenti rahbari.

Juma kuni Vashington sudi Adliya vazirligi taqdim etgan Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton tomonidan yozilgan «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) kitobini nashr etishni kechiktirish haqidagi da’vosini ko‘rib chiqadi.

Tramp ma’muriyati Bolton o‘z kitobida oshkor qilish taqiqlangan maxfiy ma’lumotlarni ham yozgan deb da’vo qilmoqda. Jon Bolton esa kitob qo‘lyozmasi tegishli tashkilotlar nazoratidan o‘tganini ma’lum qilgan.

Boltonning kitobini chop etish uchun shartnoma tuzgan nashriyotning ma’lum qilishicha, kitob allaqachon chop etilgan va hududlarga tarqatilgan. Garchi kitob sotuvga chiqarilmagan bo‘lsa-da, uni nashr etish ishlari to‘xtatilmaydi.

Sud muhokamasi arafasida bir qator nashrlarda Tramp keskin tanqid qilingan va Pompeoning o‘zi Trampni tanqid qilgani haqida yozilgan kitobdan parchalar nashr etildi. Ularda xususan Trampning Buyuk Britaniya yadro quroliga ega ekanini bilmagani hamda Finlyandiyani Rossiya tarkibida deb o‘ylagani haqidagi gaplar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pompeo Jon Boltonni xoin deb atadi