Xitoy AQSH sanksiyalari tufayli dollar to‘lov tizimidan ehtimoliy uzilishga tayyorgarlik ko‘rishi lozim, dedi Xitoyning qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Fan Sinxay.
Uning fikriga ko‘ra, AQSH sanksiyalarni kuchaytirish maqsadida Xitoyga dollardan hisob-kitob vositasi sifatida foydalanishni taqiqlashi mumkin. Sinxayning so‘zlariga ko‘ra, SWIFT banklararo to‘lov tizimi va CHIPS telekommunikatsiya tizimidan foydalanish haqida gap ketmoqda.
"Biz (o‘chirish uchun - tahr.) oldindan tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim, haqiqatdan, nafaqat psixologik jihatdan", - deb ta’kidladi Xitoy qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.
Sinxay ta’kidlashicha, dollarga bog‘liqligi sababli Xitoy AQSH sanksiyalari oldida himoyasi zaif.
Bundan tashqari, kelajakda AQSH valyutasining qadrsizlanishi ehtimoli yuqori, bugungi kunda mamlakatda chet elda moliyaviy bo‘lmagan investitsiyalar shaklida qariyb 2 trln dollarga ega, deydi u.
“Agar xorijiy aktivlarimiz yuanda bo‘lganida, unda bunday xavotirlar bo‘lmas edi (dollar qadrsizlanishi borasida – tah.). <...> Yuanni internatsionalizatsiyasi - tashqi moliyaviy bosimning o‘rnini qoplagan bo‘lar edi”, - deb xulosa qildi mutaxassis.
Manba: Sputnik “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi