AQSH hukumatining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis shifokori Yentoni Fauchining xabar berishicha, “COVID-19 ga qarshi emlash o‘zining so‘nggi sinov bosqichiga kirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida, ajoyib xushxabardir”.
Moderna Ink hamda sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan ishlab chiqilgan asosiy bosqichdagi sinov 27 iyul atrofida boshlanadi. Emlash insonlarni koronavirusdan yetarlicha himoya qila olish yoki olmasligini aniqlash maqsadida 30000 kishi ushbu sinovdan o‘tkaziladi.
Olimlar umid qilganidek, bu vaksinani sinab ko‘rgan birinchi 45 ta ko‘ngillilarda immunitet yuqori darajada ekanligi aniqlandi.
Lekin bu vaksinaga hech qanday kafolat yo‘q. Ammo hukumat yil oxiriga kelib, ijobiy natijalarga erishishga umid qilmoqda.
Ko‘ngillilarning yarmidan ko‘prog‘ida grippga o‘xshash alomatlar, ya’ni, charchoq, holsizlanish, bosh og‘rig‘i, titroq va isitma chiqishlar kuzatilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, vaksinaning ta’siri taxminan bir kun davom etishi yoki emlashdan so‘ng darhol sodir bo‘lishi mumkin.
Seshanba kuni faqat yoshlarning natijalari e’lon qilingan. Ammo, yoshi katta insonlarning natijalari hali hanuz e’lon qilinganicha yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”