COVID-19 yoshi katta bemorlarda juda katta xavf tug‘dirishi barchamizga bir necha bor ta’kidlanmoqda. Ushbu ma’lumotlarga tayanib, ko‘pgina davlatlar qariyalarni ko‘chaga kamroq chiqishga da’vat etib kelyapti. Shunga qaramay, AQSHning Merilend shtatida virusga chalinayotganlarning aksariyati bu 20-30 yosh oralig‘idagi yoshlar hisoblanmoqda.
Hukumat rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, bunga sabab restoran va barlar, dam olish maskanlarida aynan 30 yoshgacha bo‘lganlarning gavjum ekanligidir. Sababi, bu yoshdagi fuqarolar ishchi qatlamning asosini ham tashkil etadi. Hukumat choralarni qattiqlashtirishga urinayotgan bo‘lsada, qoidalarni qo‘pol ravishda buzayotganlar ham topilmoqda.
Merilend Sog‘liqni saqlash xodimlari endilikda yoshlar orasida kasallik avj olishidan xavotirda. Bu esa shtatdagi pandemiya davrida ishlayotgan ishchilarning asosiy qismiga zarar yetadi deganidir. Joriy haftaning payshanba kunida Merilendda 6 ta o‘lim qayd etilgan hamda kuniga 650-700 kishida yangi virus bilan zararlanish holatlari aniqlanmoqda. Agarda shu zaylda kasallikning ko‘payish holatlari kuzatilaversa, hukumat yana karantinni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi