Foto: REUTERS
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II urush veterani, 100 yoshli Tom Murga ritsarlik maqomini berdi. Mur Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash tizimi (NHS) uchun 32 mln funt-sterling miqdorida xayriya mablag‘ini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Ritsarlik maqomini berish tantanasi Vindzor saroyida, ochiq osmon ostida ijtimoiy masofalanish qoidasiga amal qilgan holda bo‘lib o‘tdi.
Bukingem saroyidan xabar berishlaricha, bunday formatdagi ritsarlik marosimi tarixda ilk bor o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning mart oyida hali 99 yoshda bo‘lgan Tom Mur NHS uchun o‘ziga xos xayriya aksiyasini e’lon qilgan edi. Aksiyaga ko‘ra, qariya 100 yoshini qarshi oladigan kuniga qadar uyining oldidagi bog‘ni 100 marta aylanib chiqishni va’da berdi. Buning uchun u yaqinda tos bo‘g‘inida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin sog‘ligini tiklashi va suyanchiq yordamida harakatlanishi kerak edi.
Veteran dastlab 1000 funt-sterling jamg‘arishni ko‘zlagan bo‘lsa-da, xayriya aksiyasi keng ommalashib ketgani natijasida qariyb 32 mln funt-sterling jamlandi.
«Hayotimda bunaqasi bo‘lishini hech qachon xayolimga keltirmagan edim. Bu men uchun sharaf», deb yozgan Mur tvitter sahifasida.
Veteran endilikda avtobiografik kitobini yozishni rejalashtirmoqda – kitob sotuvidan tushgan pullar uning nomidagi Kapitan Tom xayriya jamg‘armasiga o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?