18:08 / 18.07.2020
3 161

Quyoshning rekord darajadagi yaqin masofadan ko‘rinishi suratga olindi (foto, video)

Quyoshning rekord darajadagi yaqin masofadan ko‘rinishi suratga olindi (foto, video)
Foto: European Space Agency
Yevropa kosmik agentligi va NASA quyoshning rekord darajadagi yaqin masofadan olingan suratlarini e’lon qildi.
Solar Orbiter kosmik zondi ulkan yulduzga imkon darajasida yaqin borishga intildi va undan 77 million kilometr masofadan turib ushbu suratlarni oldi.

Fotografiyalarda chaqnashlarni, alangalar va nanoflarni ko‘rish mumkin. Astronomlarning qayd etishicha, ular Yerdagi teleskoplarda ko‘rinadigan jismlarga o‘xshaydi va hatto bir necha million baravar kichik.

Mazkur alangalarning yulduz qobig‘ida yaltirab ko‘rinayotganining sababi hozircha ma’lum emas. Ularning Quyosh tojining qizishida ishtirok etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, toj yulduzning chuqur qatlamlaridagi issiqlikdan 200-500 baravar qaynoq.

Foto: Meduza
Ushbu gipotezani tasdiqlash uchun alangalar haroratini o‘lchab ko‘rish kerak. Solar Orbiter mazkur ishni bajara oladigan Spectral Imaging Coronal Environment (SPICE) qurilmasi bilan jihozlangan va ma’lumotlar umumlashtirilib Yerdagi olimlarga yuboriladi.

Boshqa bir qurilma, ya’ni quyosh-geliosfera tomografi SoloHI yordamida sayyoralararo zarralarda ko‘rinayotgan Quyoshning zodiakal yorug‘ligi o‘lchanadi. U shu qadar kuchsizki, ko‘pincha Quyosh uni to‘sib qo‘yadi. Ushbu holatni qayd etish uchun SoloHI Quyosh nurini dastlabkisidan bir trillion darajada kamaytirishiga to‘g‘ri keldi. Tasvirlar toza zodiakal yorug‘likni ko‘rsatdi, shu sababli olimlar yaqin orada Quyosh shamoli tuzilmasini ko‘rishlari mumkinligiga umid qilmoqda.

Solar Orbiter loyiha apparati Kanaveral stansiyasida fevral oyida ishga tushirilgan. Uning yordamida Yerga eng yaqin yulduz haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshning rekord darajadagi yaqin masofadan ko‘rinishi suratga olindi (foto, video)