06:00 / 23.07.2020
3 271

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi: «Sun’iy nafas oldirish apparatidagi bemorlarning yarmidan ko‘pi vafot etmoqda»

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi: «Sun’iy nafas oldirish apparatidagi bemorlarning yarmidan ko‘pi vafot etmoqda»
Foto: Eurosmed
Rossiyada og‘ir ahvoldagi koronavirusga chalingan bemorlarning deyarli yarmi va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanganlarning yarmidan ko‘pi vafot etmoqda. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh pulmonologi, Sechenov universiteti professori Sergey Avdeyevga tayanib «Interfaks» ma’lum qildi.

«Sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan bemorlarning o‘lim darajasi juda yuqori. Reanimatsiyadagi bemorlarning 30-50 foizi, sun’iy nafas oldirish apparatidagilarning esa 50-80 foizi vafot etmoqda», — dedi Avdeyev.

Sun’iy nafas oldirish apparati yetishmovchiligi bormi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berar ekan, Avdeyev shunday dedi: «Mamlakatimizda apparatlarning yetishmasligi muammosiga duch kelmadik, tayyorgarlik ko‘rishga vaqtimiz yetarli edi».

«Biz hali kasallikni yengmadik... Ehtimol, hamma narsa hali oldinda», — deb qo‘shimcha qildi Avdeyev.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 22 iyul soat 17:00 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 8561 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Vazirlikning shu kuni soat 10:00 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi: «Sun’iy nafas oldirish apparatidagi bemorlarning yarmidan ko‘pi vafot etmoqda»