
Jon Xopkins tibbiyot maktabining mutaxassislari COVID-19 virusi nafaqat burun va tomoqqa, balki quloq va bosh suyagining mastoid qismiga ham yuqishi mumkinligini aniqladilar. Tegishli tadqiqot Amerika tibbiyot uyushmasining JAMA Otolaryngology - Head and Neck Surgery jurnalida chop etilgan.
Olimlar koronavirusdan vafot etgan uchta bemorni - 60 yoshli erkak va ayol hamda 80 yoshli ayolni tahlil qilishgan. Ayollardan birida virus o‘ng quloqda, erkakda - ikkala quloqda, chap va o‘ng mastoidlarida aniqlandi.
Tadqiqot uchun atigi uchta bemorni o‘rganish juda oz bo‘lishiga qaramay, natijalar shuni ko‘rsatadiki, quloqdagi muammolar, shu jumladan eshitish qobiliyatining yo‘qolishi COVID-19 belgisi bo‘lishi mumkin, deyiladi jurnalda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar