Bugun Islom olamining eng muhim bayramlaridan biri — Qurbon hayiti barcha musulmonlar tomonidan keng nishonlanmoqda. Joriy yilda koronavirus pandemiyasi sababli Moskva jome masjidlarida hayit namozi tashrif buyuruvchilarsiz o‘qildi. Rossiyaning boshqa viloyatlarida ham shu kabi qaror qabul qilingan. Tataristonda esa bayram namozi ochiq osmon ostida o‘qilgan. Bu haqda «RBK» Qurbon hayiti Rossiyada qanday nishonlangani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Moskva jome masjidida bayram namozi imomlar, muazzinlar va masjid xodimlari ishtirokida o‘qildi
Foto: AP Photo
Moskva jome masjidi tashqarisidagi musulmonlar namoz vaqtida
Foto: «TASS»
Sankt-Peterburgdagi jome masjidida o‘qilgan namoz
Foto: AP Photo
Sankt-Peterburg jome masjidi qarshisidagi musulmonlar
Foto: «TASS»
Qrimning Saki shahridagi jome masjidda o‘qilayotgan bayram namozi
Foto: «TASS»
Ufadagi jome masjidga yig‘ilgan musulmonlar
Foto: «TASS»
Qozondagi «Al-Marjaniy» masjidi qarshisida namoz o‘qish uchun yig‘ilgan musulmonlar
Foto: «RIA Novosti»
Novosibirsk jome masjidida Qurbon hayiti namozi yopiq eshiklar ichida o‘qildi
Foto: «RIA Novosti»
Namozdan so‘ng qabristonni ziyorat qilgani kelgan musulmonlar, Qorachoy-Cherkasiya
Foto: «TASS»
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31 iyul kuni karantin qoidalariga amal qilgan holda nishonlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lganini ma’lum qildi. Qurbon hayiti kuni butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi