Foto: ecovision
Tadqiqot fevral – iyun oylarida 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Bu vaqtda dunyodagi aksariyat davlatlarda fuqarolarning harakatlanishi va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatiga cheklovlar joriy etilgan edi.
COVID-19 pandemiyasi davrida joriy etilgan karantin va cheklov choralari atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilar kamayishiga olib keldi, deyiladi Buyuk Britaniya va AQSH olimlarining tadqiqotlarida. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnali xabar bermoqda.
Pirs Foster boshchiligidagi Lids universitetining bir guruh mutaxassislari issiqxona gazlari va havoni ifloslantiruvchi boshqa moddalarning o‘nga yaqin turi bilan bog‘liq o‘zgarishlar dinamikasini kuzatishgan.
«Tadqiqot fevraldan iyungacha 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Aynan shu paytda koronavirus tufayli aksariyat davlatlarda odamlarning harakatlanishiga va sanoat korxonalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, aprel oyida global azot oksidi chiqindilari 30 foizga kamaygan. Bu esa yil boshidan sayyoramizning qisqa muddatli sovishiga olib keldi», – deya ta’kidlanadi maqolada.
Olimlar pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarning atfosmeraga bevosita ta’siri sezilar-sezilmas bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Ularning ta’kidlashicha, agar iqtisodiy tiklanish yashil tadbirlarni rag‘batlantirish va yoqilg‘ining qazib olinadigan turlari bilan ishlashni qisqartirishga qaratilgan bo‘lsa, 2050 yilga kelib 0,3 darajaga qadar global isishning oldini olish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi