
Foto: «Korrespondent.net»
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligida «ishlaydigan» Palmerston laqabli mushuk rasman nafaqaga chiqqani hayvonning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Korrespondent.net».
Xabarda aytilishicha, to‘rt yil «ishlagan»idan so‘ng «Britaniya Tashqi ishlar vazirligidagi asosiy kalamush ovchisi» mushuk nafaqaga chiqishga va dam olishga qaror qilgan. Endi mushuk shahar chekkasidagi uyda yashaydi.
❗️Important news❗️ pic.twitter.com/PTEun74QYA
— Palmerston (@DiploMog) August 7, 2020
Mushuk Palmerston 2016 yilda, Tashqi ishlar vazirligida o‘z xizmatini boshlagan. Shuningdek, xabarda Palmerstonning Britaniya Bosh vaziri qarorgohida xizmat qiladigan Larri laqabli mushuk bilan keskin munosabatda bo‘lgani aytilgan.
Hayvonning Twitter’dagi sahifasida 105 mingdan ortiq obunachilari bor.
Buyuk BritaniyaTashqi Ishlar VazirligiPalmerston MushukNafaqaga ChiqdiBritaniya Bosh VaziriTwitter Sahifasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar