date
views 2 385

Tixanovskaya xavfsizlik maqsadida Minskdagi uyini tark etdi

Tixanovskaya xavfsizlik maqsadida Minskdagi uyini tark etdi
Svetlana Tixanovskayaning ishonchli vakili Oleg Moiseyev IIV boshqarmasiga chaqirilganidan so‘ng aloqaga chiqmagan.
Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya xavfsizlik maqsadida Minskdagi xonadonini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

"Ikki nafar asosiy yordamchilari ushlanganidan so‘ng Svetlana Tixanovskaya xonadonini tark etishga majbur bo‘ldi. U hozirda Minskda shtab a’zolari va jurnalistlar orasida", – dedi uning matbuot kotibi Anna Krasulina.

Shanba kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Tixanovskayaning saylov shtabi boshlig‘i Mariya Morozni huquqbuzarlarni saqlash markaziga olib ketgandi.

"Mariya Morozni ma’muriy huquqbuzarlikda ayblashmoqda. Unga jarima solinsa kerak. Ammo bu dushanbadan avval bo‘lmaydi", - dedi Krasulina.

Krasulina shuningdek, Tixanovskayaning ishonchli vakili Oleg Moiseyev ham IIV boshqarmasiga chaqirilganidan so‘ng aloqaga chiqmayotganligini aytgan. Belarusda prezidentlik saylovi 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tixanovskaya xavfsizlik maqsadida Minskdagi uyini tark etdi