10:20 / 16.08.2020
2 964

Rossiya vaksinasi uchun 20 ta davlatdan 1 milliard doza buyurtma olingan

Rossiya vaksinasi uchun 20 ta davlatdan 1 milliard doza buyurtma olingan
Foto: RDIF / HANDOUT
Rossiya «dunyodagi ilk vaksina» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi. N.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi vaksinaning birinchi partiyasini ishlab chiqarib bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ishchi nomi «Gam-KOVID-Vak», bozor nomi esa «Sputnik-V» bo‘lgan vaksina mushaklar orqali yuborishga mo‘ljallangan. U ikkita 0,5 ml hajmli ampuladan iborat bo‘ladi. Bu haqda RBK yozgan.

11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgani va uning qizlaridan biri ham sinov emlashida qatnashganini ma’lum qilgandi. Putin qizi ikkita emlashdan keyin isitmasi 37 va 38 darajaga ko‘tarilgani, keyin u o‘zini yaxshi his qilganini aytgandi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaksinani ishlab chiqarish bilan Gamaleya nomidagi markaz shug‘ullanishini aytgandi. Shuningdek, «Binnofarm» kompaniyasi ham vaksina ishlab chiqarishda qatnashadi. Keyinchalik mamlakatdagi boshqa farmatsevtika kompaniyalari ham vaksina ishlab chiqarishga jalb qilinadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 20 ta mamlakatdan 1 milliard doza buyurtma olgan. Rossiyada emlash birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarda amalga oshiriladi. Vladimir Putin vaksina yetarlicha sinovlardan o‘tgani va u ishonchli ekanini aytgandi.

AQSH bosh infeksionisti Entoni Fauchi Rossiya ishlab chiqargan vaksinaga ishonchsizlik bildirib, vaksina ishlab chiqarish va uning xavfsizligini isbotlash boshqa-boshqa narsa ekanini aytgandi.

Rossiyadagi «Spravochnik vracha» xizmati Rossiyadagi shifokorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Unda qatnashgan 3 ming atrofidagi shifokordan 52 foizi vaksinani qabul qilishni xohlamasligini ma’lum qilgan. 24,5 foiz shifokorlar esa rozi bo‘lishgan. Qarshi bo‘lganlarning 66 foizi rad javobi berganining sababi sifatida vaksina xavfsiz ekanini isbotlovchi faktlar yetarli emasligini keltirgan. 48 foiz rad javobi berganlar esa vaksina juda tez ishlab chiqarilganiga shubha bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya vaksinasi uchun 20 ta davlatdan 1 milliard doza buyurtma olingan